Davlat fuqarolik xizmatchilariga xizmat ko‘rsatish mobil platformasi

Latest Version

Version
Update
Jul 14, 2026
Category
Google Play ID
Installs
100,000+

App APKs

MyDX: Davlat xizmatchisi APP

"Davlat xizmatchisi" mobil ilovasi — davlat xizmatchilari faoliyati samaradorligini oshirish, inson kapitali salohiyatini rivojlantirish va tezkor hamkorlikni taʼminlashga qaratilgan raqamli platforma.

Ilovaning asosiy maqsadi — davlat xizmatida samarali va shaffof boshqaruvni yo‘lga qo‘yish orqali xodimlar malakasi va ish unumdorligini oshirishdir. Foydalanuvchilar ilova orqali bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishish, test sinovlarida ishtirok etish hamda o‘z shaxsiy maʼlumotlarini boshqarish imkoniyatiga ega. Shu bilan birga, xizmatchining diplomi, ish joyi, lavozimi va mehnat staji kabi muhim maʼlumotlar ilova orqali ko‘rsatilib, doimiy yangilanib boradi.

Ilova, davlat organlari xodimlari o‘rtasidagi samarali aloqalarni mustahkamlash uchun kontakt maʼlumotlari bazasini shakllantirish imkonini ham beradi. Shu orqali o‘zaro hamkorlik, kadrlar salohiyati va raqamli boshqaruv imkoniyatlari kengayadi. Ilovada axborot xavfsizligi va shaxsiy maʼlumotlarni muhofaza qilish masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan.

"Davlat xizmatchisi" — davlat xizmatiga ishonchli oyna. Ilovani yuklab oling va zamonaviy davlat xizmati tizimi bilan yaqindan tanishing.
Read more

Advertisement